<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><author>Ulugʻbek Joʻrayev, Ulugʻbek Yoʻlchiyev</author>
<lyrics>[V1]
 // Umidlarim soʻnmas bir qoya
 Tushmas unga hech qanday soya //
 // Xudovanddan ungan bir poya
 Rabbim Oʻzing men uchun qoya //
 Intiq boʻlib Seni Soʻzingga
 Oshiq boʻlib faqat Oʻzingga
 // Tashna boʻldim Sensan kifoya
 Rabbim Oʻzing men uchun qoya //

[V2]
 Sen-la faqat yaqindur yoʻlim
 Soya solmas hech qanday oʻlim
 Sen chamanim porlagan gulim
 Sen-la toʻgʻri oʻngim va soʻlim
 Umidlarim soʻnmas bir qoya
 Tushmas unga hech qanday soya
 Xudovanddan ungan bir poya
 // Rabbim Oʻzing men uchun qoya //

[V3]
 // Sen Oʻzingsan asl Choʻponim
 Mehribonsan yoʻqdur gumonim //
 // Qadr topdi Senda bu jonim
 Najotkorim sabr poyonim //
 Najotkorim sabr poyonim
 // Umidlarim soʻnmas bir qoya
 Tushmas unga hech qanday soya //
 // Xudovanddan ungan bir poya
 Rabbim Oʻzing men uchun qoya //</lyrics>
<title>Rabbim qoya</title>
</song>